Xususan, texnik-iqtisodiy asos (TIA) ishlab chiqishga oʻrtacha bir yil sarflansa, uni xalqaro tashkilotlar talabiga moslashtirish va kelishishga besh-olti oy ketmoqda.

TIAsi ishlab chiqilmagan, aniq hisob-kitobi yoʻq loyihalarga tashqi qarz jalb qilish hanuzgacha davom etmoqda.

Loyiha hujjatlari va tender shartlari puxta ishlab chiqilmasligi oqibatida pudratchilarni aniqlash jarayonlari ham choʻzilmoqda.

Bundan buyon TIAsi tasdiqlanmagan birorta loyihaga qarz jalb qilishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilandi.

Shuningdek, ishlab chiqilgan TIAni kompleks ekspertiza qiladigan tizim yoʻqligi tanqid qilindi. Endilikda loyihalar TIAsi ham majburiy ekspertizadan oʻtkaziladi.

Umuman, har bir loyiha va mablagʻlar natijadorligi uchun vazirlar shaxsan javobgar ekani belgilandi.