Taʼkidlanishicha, 2023-yil 1-iyunga qadar paxta, gʼalla, meva-sabzavotlar yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish jarayonlari raqamlashtiriladi, qishloq xoʼjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyilida xizmat koʼrsatish uchun "Аgroplatforma" axborot tizimi joriy etiladi.
2023-yil 1-maydan “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar qoʼy goʼshti, parranda goʼshti, mol goʼshti, tuxum va oʼsimlik yogʼi tovarlarning chakana savdo obektlarida xaridini amalga oshirganda xarid summasining 1 foizi miqdoridagi toʼlov oʼrniga, xarid summasida toʼlangan QQS summasi qaytariladi.
Mazkur chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Jahon bankning “Qishloq xoʼjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida jalb qilingan 130 mln АQSh dollari miqdoridagi mablagʼlarni yoʼnaltiriladi.