Bugun Agentlikda mazkur ishchi guruhining birinchi ishchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Agentlik rahbariyati, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi rahbariyati, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi masʼul vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda taʼkidlanganidek, ochiqlikni baholash metodikasi ushbu yoʻnalishda prinsipial hisoblangan mezonlar, zamonaviy tendensiyalarni inobatga olgan holda ishlab chiqiladi. Bu jarayonda mamlakatimizda toʻplangan ijobiy tajriba, mavjud baholash mezonlari, hozir ham dolzarb boʻlgan jihatlar qaytadan koʻrib chiqiladi va amaliyotga tatbiq etiladi.

Yigʻilishda shuningdek, vazirlik va idoralarning jamoatchilik bilan ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar singari koʻplab zamonaviy axborot platformalari orqali aloqa oʻrnatganligi kabi ustuvor jihatlarga alohida eʼtibor qaratishga kelishib olindi.