2025 yilda ko'plab davlatlar qatori O'zbekistonda ham Ramazon oyi 29 kun bo'lishi va 30 mart kuni Ramazon hayoti nishonlanishi e'lon qilindi. Musulmonlar idorasi Ramazon oyi 29 kun bo'lgani yuzasidan tushuntirish berdi.
Ma'lum qilinishicha, milodiy sana oylari 28 yoki 29 hamda 30 yo 31 kunlik bo'lgani kabi hijriy oylar, jumladan, Ramazon oyi ham gohida 29, gohida 30 kunlik bo'lishi mumkin.
“Hijriy oyning milodiy oydan farqi shuki, masalan, mart oyi doimiy ravishda 31 kunlik bo'lsa, hijriy oylar hilolning yangilanishi bilan bog'liq bo'lgani uchun qaysi oy necha kunlik bo'lishi oyning ko'rinishiga qarab aniqlanadi”, deyiladi xabarda.
Demak, Ramazon oyi necha kun bo'lsa, shuncha kun ro'za tutiladi va o'sha mukammal ro'za hisoblanadi.
“SHunga ko'ra, hech kim o'zicha Ramazon doim o'ttiz kun bo'ladi, deb hukm chiqarishi aslo to'g'ri emasdir. Bunday deyish sahih hadislar va ulamolar ijmosi (ittifoqi)ga ziddir”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Ramazon oyi 29 kunlik bo'lib kelgan taqdirda ham oyat va hadislarga muvofiq bir oy mukammal ro'za tutilgan hisoblanadi.