Har kuni qahva ichish yurak kasalliklarining kelib chiqish xavfini kamaytiradi — olimlar

    Avstraliyalik olimlar har kuni 2-3 chashka qahva ichish yurak kasalliklarini oldini olib, hayot davomiyligini uzaytirishini aniqlashdi.

    Olimlar 10 yil davomida 50 yoshdan o'tgan 400 ming nafar odamlarni tadqiq qilib, ularda yurak-qon tomir kasalliklari yuzaga kelmaganini aniqladi.

    So'rovnomada qantashgan odamlarda kuniga 2-3 chashka qahva ichishi hisobiga ularda yurak ishemik kasalligi, yurak yetishmovchiligi kabi kasalliklar 10-15 foizga kamaygani ma'lum bo'ldi.

    Shunga qaramay, boshqa tadqiqotlar me'yordan ortiq qahva ichish qon bosimini oshirishidan dalolat bermoqda. Buyuk Britaniya milliy sog'liqni saqlash boshqarmasi kuniga to'rt chashkadan ortiq qahva ichish sog'liq uchun zararli ekanini ma'lum qildi, deyiladi m24.ru saytida.