Mazkur bank mutasaddilari ushbu turdagi toʻlovlarni aholiga qulaylik yaratish maqsadida soddalashtirish ustida ish olib borilayotganini aytib oʻtdi. Jumladan, endilikda pensionerlarga pensiya mablagʻlarini bank kartasiga oʻtkazish boʻyicha arizalarni Pensiya jamgʻarmasiga bormasdan bank filialiga topshirish yoʻlga qoʻyildi.

Shuningdek, Xalq banki tomonidan fuqarolarga farzandi tugʻilganligi haqidagi guvohnomani rasmiylashtirish bilan avtomat tarzda bank kartasi orqali “suyunchi puli”ni olish tizimi joriy etildi. Natijada, bugungi kunga qadar 13 ming nafarga yaqin fuqarolarga 6,8 mlrd. soʻmdan ortiq nafaqa toʻlovlari on-layn tarzda bank kartalariga oʻtkazib berildi.