2023-yilning 6-mart kuni soat 20:28da Paxtaobod tumani “Yuqori” MFY Kelajak koʻchasida harakatlanib ketayotgan “Matiz” rusumli avtomobilda yongʻin sodir boʻldi.

Davlat raqami 60R365SA boʻlgan oq rangli mashina Paxtaobod tumani “Z.Xabibiy”MFY Suvoqava koʻchasida yashovchi 1974-yilda tugʻilgan X. R tegishli boʻlib, 2006-yilda ishlab chiqarilgan. Avtomobilning mator va salon qismi yongan.

Yongʻinga FVB qutqaruvchilari 20:35da yetib borib, 20:36da oʻrab olinib, 20:38da oʻchirilgan. Elektr simining qisqa tutashuvi yongʻinga sabab boʻlishi mumkin. Yongʻin zarari aniqlanmoqda.