Tajribada 60 yoshdan oshgan 100 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi. Ulardan akselerometrlarni bir hafta, kuniga 24 soat taqib yurish so'raldi. Qurilmalar subyektlarning barcha harakatlarini yozib oldi. Tadqiqot ishtirokchilarida tajriba boshida demensiya kasalligi yo'q edi.
Mutaxassislar olingan ma'lumotlarni mashinani o'rganish algoritmiga yuklashdi. Olingan ma'lumotlar tahlil qilindi. Shuningdek, tadqiqotchilar kimlarda aqliy zaiflik yuzaga kelganini aniqlash uchun shifoxonalarning ma'lumotlar reyestirini ham o'rganib chiqishdi.
Ma'lum bo'lishicha, olti yil davomida ushbu kasallikning yuzaga kelishi bilan bog'liq o'rtacha 414 ta holat qayd etilgan. Turmush tarzini o'zgartirgan, kuniga 10 soatdan ko'proq harakatsiz vaqt o'tkazadigan keksa odamlarda demensiya xavfi sezilarli darajada oshishi aniqlandi, deb xabar beradi mir24.tv.