“Harbiy-tibbiy estafeta”ning eng ilgʻorlari aniqlandi

    Harbiy 5 Avgust 2021 1483

    Mudofaa vazirligi miqyosida “Men gʻolib” shiori ostida oʻtkazilayotgan “Eng ilgʻor mutaxassis” koʻrik tanlovining “Harbiy-tibbiy estafeta” yoʻnalishi soʻnggi bosqichi oʻz yakuniga yetdi.

    Unda ishtirokchilar “Shtatdagi qurollardan oʻq otish”, “Maxsus koʻnikmalarni namoyish etish”, “Jamoa birinchiligi” hamda “Maxsus texnikani haydash” kabi bosqichlarda musobaqalashdi.

    “Harbiy-tibbiy estafeta” yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazilgan barcha shartlarning yakuniga koʻra:

    – Markaziy harbiy okrug jamoasi – 5 185 ball (1-oʻrin);
    – Toshkent harbiy okrugi jamoasi – 4 477 ball (2-oʻrin);
    – Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi – 4 061 ball (3-oʻrin);
    – Shimoli gʻarbiy harbiy okrugi – 3 949 ball (4 oʻrin);
    – Sharqiy harbiy okrugi – 3 540 ball (5 oʻrin) natijalarini qayd etdi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Markaziy harbiy okrug maʼlumotiga tayanib.