Harbiy xizmatchi Ravshan Axmadjonov ikki fuqaroning hayotini saqlab qoldi

    Voqea-hodisalar 25 Iyul 2021 555

    Soʻngi dam olish kunlarining birida harbiy xizmatchi Ravshan Axmadjonov anhorda oqib ketayotgan odamga koʻzi tushdi va harbiylarga xos tezkor qaror qabul qildi.

    24-iyul soat 17.30 larda poytaxtimizning Shayxontoxur tumanida istiqomat qiluvchi ismli ayol oʻz joniga qasd qilish maqsadida, ikki yashar farzandi va oʻzini “Anhor” kanaliga tashlagan.

    Buni koʻrib qolgan serjant Ravshan Axmadjonov hech ikkilanmasdan, suvga sakradi va choʻkayotgan ona va ikki yoshli goʻdakni qutqarib qoldi.

    Fuqarolarga harbiy shifokorlar tomonidan tibbiy yordam koʻrsatildi. Hozirda ularning sogʻligi yaxshi, ona-bola tibbiyot xodimlari nazoratida.
    Mudofaa vazirligi III darajali serjanti Ravshan Axmadjonov koʻrsatgan mardligi uchun rahbariyat tomonidan munosib ragʻbatlantirildi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.