Bu safar harbiy qism harbiy xizmatchilari II jahon urushi faxriysi Hotam ota Abdullayevning holidan xabar olish uchun uning xonadoniga tashrif buyurishdi.
II jahon urushidek shafqatsiz jangni oʻz koʻzlari bilan koʻrib, har bir voqeani bor vujudi bilan his qilgan Hotam ota Abdullayev 1942-yilning bahorida Andijon viloyati, Marhamat tumani, Mehnat qahramoni koʻchasida tugʻilgan.
1942-yil… Ayni urush avjiga chiqqan chogʻlari 18 yoshlik Hotam Abdullayev ham barcha tengdosh doʻstlari kabi Vatan himoyasi uchun jangga otlandi. U 1945-yilning oktyabr oyida qonli jangdan qaytgan.
97 yoshli urush faxriysi hurmat-ehtirom uchun harbiy xizmatchilardan minnatdor ekanligini aytib, tinch-totuvlikka shukronalik bildirdi. Hotam otadek nuroniylar tinchlik qadrini yuksak baholashadi. Biz bunday insondan oʻrnak olishimiz zarur.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati