Xazinaning yoshi 2000 yil deb baholandi. Yaxshi saqlangan 15 tanga miloddan avvalgi 60-20 yillarda zarb etilgan. Tangalarning old tomonida yunon xudosi Apollonning byusti, orqa tomonida chavandoz, ikki ot va arava tasvirlangan.

Tangalar Angliyaning Linkolnshir grafligidagi uch xil zarbxonada zarb etilgan.

Olimlarning ta'kidlashicha, Uelsda bu davrga oid tangalar nihoyatda kam uchraydi. Mahalliy qabilalar odatda chet el valyutalaridan foydalanmagan, deb xabar beradi mir24.tv.