Tadqiqotchilar 12 yil davomida oʻrtacha yoshi 56 yoshni tashkil etgan 1100 ga yaqin erkaklarning kognitiv qobiliyatlari haqidagi maʼlumotlarni tahlil qilishdi. Bundan tashqari, ular yonilgʻi yoqilganida hosil boʻladigan 2,5 mikrometr diametrli (PM2,5) aerozol zarralari va havodagi azot dioksidining xotira, ijro etuvchi funksiyalar, nutqning ravonligi va miyaning qayta ishlash tezligiga taʼsirini oʻrganishdi.

Maʼlum boʻlishicha, 40 yoshdan 50 yoshgacha boʻlgan PM2,5 va NO2 taʼsirining yuqori darajasini boshdan kechirgan ishtirokchilar ravonlik nuqtayi nazaridan yomonroq kognitiv koʻrsatkichlarni koʻrsatgan. PM2,5 ning yuqori darajasiga duchor boʻlgan 56 yoshdan 68 yoshgacha boʻlgan shaxslar ijro etuvchi funksiyalarda yomonroq natijalarni namoyon etdi va yuqori NO2 taʼsiriga duchor boʻlganlar epizodik xotira bilan bogʻliq yomonroq natijalarni koʻrsatdi.

Ijro etuvchi funksiya aqliy xatti-harakatlar va harakatlarni rejalashtirish, nazorat qilish va muvofiqlashtirishdir. Epizodik xotira – bu oʻtmishda sodir boʻlgan oʻziga xos voqealarni eslab qolish va qayta tiklash qobiliyati, deyiladi lenta.ru saytida.

*Demensiya, bu – xotira, fikrlash va kundalik faoliyatni amalga oshirish qobiliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan bir nechta kasalliklarni tavsiflovchi atama. Demensiya vaqt oʻtishi bilan rivojlanadi. Bu asosan keksa odamlarda yuzaga keladi, lekin hamma keksaygan odamlarga ham demensiya rivojlanmaydi.