Tadqiqotda oʻrta yoshli 25 nafar koʻngillilar ishtirok etdi. Ular avvaliga dizel yonilgʻisining yonishi natijasida chiqqan tutundan, muayyan muddat oʻtib, toza havodan nafas olishdi. Tadqiqotning har bir bosqichdan soʻng ishtirokchilarning miya faolligi matnit-rezonans tomografiyasi (MRT)dan oʻtkazildi. Shundan soʻng miyaning xotira va fikrlashga masʼul boʻlgan qismlari tahlil qilindi.
Hatto zararlangan havoda nafas olinganidan ikki soat oʻtib ham ishtirokchilarning miyasidagi mazkur qismlarda aloqa kamaygani aniqlandi. Mutaxassislarning qayd etishicha, bu kongnitiv funksiyadagi muammolar, ruhiy tushkunlik alomatlarining yuzaga kelishida namoyon boʻldi. Shunga qaramay, miyadagi oʻzgarishlar vaqtinchalik boʻlib chiqdi – toza havoda nafas olingach, ularning ahvoli oʻnglandi.