Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo'l shahar bo'limi tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.D. fuqaro A.Ya.ga o'zini go'yoki Olmaliq shahar YHXB xodimi sifatida tanishtirib, unga o'quv mashg'ulotlariga qatnashmasdan tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va'da qilib, evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Zarafshon shahar bo'limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.X. fuqaro D.Sh.ning ishonchiga kirib, uni haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo'lib o'tadigan imtihondan o'tkazib qo'yish evaziga 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Shu kabi, Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.K. fuqaro S.O.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 550 AQSH dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo'lib o'tadigan imtihondan o'tkazib qo'yishini aytib, 500 AQSH dollari va 600 000 so'mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Qarshi shahar bo'limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro T.A. fuqaro Sh.U.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo'lib o'tadigan imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.
Haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va'da qilgan firibgarlar ushlandi
Fuqaro 550 AQSH dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo'lib o'tadigan imtihondan o'tkazib qo'yishini aytib, 500 AQSH dollari va 600 000 so'mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Andijonda 5 nafar egizak dunyoga keldi
- “Tashabbusli byudjet”ning 2026 yilgi ikkinchi mavsumi 15 iyuldan boshlanadi
- “E-bozor” yagona raqamli bozor platformasi joriy etiladi
- Oʻzbekiston Prezidenti Iordaniya bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini qayd etdi
- Buxoro davlat texnika universitetining tajriba yerlari ilmiy va innovatsion bazaga aylanmoqda
- Neft-gaz tarmogʻining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi koʻrib chiqildi
Jaloliddin Masharipov Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi
- To‘rayev Aziz Oppoqovichni «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
- Oʻzbekiston terma jamoasi “Asteka” stadionida Meksikaga minnatdorlik yozuvini qoldirdi
- Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar
- Ilgiz Tantashev Paragvay — Fransiya o‘yini boshqaradi
- Oʻzbekiston va Germaniya yetakchilari qoʻshma bayonot qabul qilib, bir qator loyihalarni ishga tushirdilar