Haydovchilik guvohnomasi yoʻqligi yetmaganday mast xolda transport boshqargan fuqaroning “Lacetti”si xatlandi

    Qarzdor tomonidan jarima pullari ixtiyoriy muddat ichida toʻlanmaganligi sababli, qarzdorga tegishli “Chevrolet Lacetti” rusumli avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydoniga tortildi.

    Soʻx tumanida yashovchi huquqbuzar Ф.Р. 07.03.2024 yil kuni «Chevrolet Lacetti » rusumli avtomashinani Soʻx tumani markaziy koʻchasida boshqarish huquqi boʻlmagan holda spirtli ichimlik isteʼmol qilib, mast holda harakatlanib ketayotganida YHXB YPX xodimlari tomonidan toʻxtatilgan.

    Holat yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ish hujjatlari sudga yuborilgan.

    Jinoyat ishlari boʻyicha Soʻx tuman sudi ishni koʻrib chiqib, fuqaro Ф.Р.га 13.600.000 soʻm jarima jazosini tayinlagan.

    Majburiy ijro byurosi Soʻx tuman boʻlimi xodimlari 24.03.2024 yildagi sudning ijro hujjatiga asosan qarzdor Ф.Р.ни maʼmuriy jarima pullarini oʻz vaqtida toʻlashi yuzasidan ogohlantiradi.

    Biroq, qarzdor tomonidan jarima pullari ixtiyoriy muddat ichida toʻlanmaganligi sababli, qarzdorga tegishli «Chevrolet Lacetti» rusumli avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydoniga tortildi.