Haydovchilik guvohnomasi yordamida bank xizmatidan foydalanish mumkin

    Mamlakatimizda 17 Yanvar 2025 1444

    Haydovchilik guvohnomasi orqali hisobvaragʻ ochish, kredit yoki depozit xizmatlaridan foydalanish, bank plastik kartalarini rasmiylashtirish mumkin.

    Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari tizimida davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yanada takomillashtirish va tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori 6-bandiga muvofiq yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga shaxsni tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomi berildi.

    Qarorga muvofiq Markaziy bank rahbariyati tomonidan qabul qilingan 7 ta normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirishlar kiritildi. Unga muvofiq fuqarolar pasport bilan bir qatorda identifikatsiya ID-kartalari yoki milliy haydovchilik guvohnomalarini koʻrsatib, bank xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

    Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi shaxsni tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomiga ega boʻlgani sababli, u bank xizmatlarini koʻrsatish jarayonida pasportning oʻrnini bosa oladi.