Yaʼni joriy yil 1-apreldan boshlab 2010-yilgacha berilgan eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas, deb hisoblanadi.
Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati quyidagilarni maʼlum qildi:
— Haydovchilik guvohnomasini almashtirishga murojaat qilganda yoki belgilangan muddatlarda almashtirilmasdan keyin almashtirishga murojaat qilganda maʼmuriy jazo qoʻllanilmaydi.
Faqat avtotransport vositasini boshqarish huquqini bermaydi, yaʼni muddati oʻtgan yoki belgilangan muddatlarda almashtirilmagan haydovchilik guvohnomasi bilan avtomobil boshqargan shaxsga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 135-moddasi bilan “hujjatsiz boshqarish” sifatida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtiriladi.