Yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati 2021-yil 31-dekabr kuniga qadar boʻlib, eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar 2022-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanishi belgilangan edi.
Taklif etilayotgan qaror loyihasiga koʻra, haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddatini uch oydan bir yilgacha uzaytirish nazarda tutilmoqda.
Mazkur qaror loyihasining qabul qilinishi davlat byudjetidan qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishini talab etmaydi.
Hujjat Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.