2022-yilning 31-avgustidan 5-sentyabriga qadar my.gov.uz (YIDXP)dagi “Avtotransport vositalari oynalari tusini oʻzgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma olish”, “Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun ariza yuborish”, “Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashishga litsenziya” hamda avtomobil boshqarishga elektron ishonchnoma berish kabi tizim bilan bogʻliq xizmatlar vaqtincha ishlamaydi.
Maʼlumot uchun: “Avtotransport vositalari oynalari tusini oʻzgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma olish” xizmati uchun toʻlovni amalga oshirganlar ruxsatnomasi texnik ishlar yakunidan soʻng taqdim etiladi.