Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Xonqa tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “X.N.” avto MCHJ rahbari M.M. fuqaro R.R.ni haydovchilik guvohnomasini olish uchun boʻlib oʻtadigan imtihondan goʻyoki mansabdor tanishlari yordamida oʻtkazib qoʻyish evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.