Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boyovut tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.X fuqaro M.M.ga tanishlari yordamida oʻquv jarayonlariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Beruniy tuman boʻlimi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “I.A.” MCHJ avtomaktabi amaliyotchi xodimi M.Sh. fuqaro S.T.dan haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga olgan 300 AQSH dollarini qaytarib bergan vaqtida ushlangan, shuningdek tergovga qadar tekshiruv davomida M.Sh. boshqa bir fuqaro J.J.ning 3,4 mln soʻm pulini qoʻlga kiritib, haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihondan oʻtganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarni soxtalashtirib berganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.