Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.N. 700 AQSH dollari va 4 mln soʻm pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, “Vatanparvar tashkiloti”ning Andijon tumani klubi oʻrgatuvchi ustasi M.O. va “M.” MCHJ avto maktabi oʻrgatuvchi ustasi D.P. fuqaro G.A.ga haydovchilik kursini oʻqiganligi toʻgʻrisida hujjat rasmiylashtirib berishlari evaziga 4,5 mln soʻm pullarni olgan vaqtida Departamentning Shahrixon tumani boʻlimi va IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shu kabi, Departamentning Dehqonobod tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro L.R. fuqaro S.U.ga «Vatanparvar« tashkilotida ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik kursida oʻqiganligi haqida tegishli hujjat rasmiylashtirib berishi evaziga 7,8 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.