— Yaqinda 85 yoshga to'laman, — deydi davlatobodlik Kamolxon ota Jamoliddinov. — Nabira va evaralar baxt-u kamolini ko'rish bizga ham nasib etdi. Ularning betashvish hayotini ko'rib quvonaman. Bayram arafasida meni yo'qlab kelgan odamlarning e'tiboridan esa quvonchim ikki karra ortadi. E'tibor odamni aziz va mukarram qiladi. Keksalarga g'amxo'rlik ko'rsatayotganlarga ham keksalik nasib etsin.

Darvoqe, Hayit bayrami arafasida xayriya tadbirlari boshqa tumanlarda davom etmoqda. Shu paytgacha Namanganda istiqomat qilayotgan 200 nafar fuqaroga bayram sovg'alari ulashildi.

“Mahalla” fondi

matbuot xizmati