Hayit bayrami arafasida yoʻlovchilar uchun yana bir qulaylik

    Transport 18 Iyul 2021 1033

    “Toshkent – Andijon – Toshkent” yoʻnalishida qoʻshimcha poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

    Qurbon hayiti bayrami arafasida yoʻlovchilarga yana-da koʻproq qulaylik yaratish maqsadida 22-iyulda “Toshkent – Andijon – Toshkent” yoʻnalishida 60/59 sonli poyezdining qoʻshimcha bir marta qatnovi yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ maʼlumotiga tayanib.

    .Shuningdek xabar orqali qoʻshimcha maʼlumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkinligi maʼlum qilinadi.