Ayyom munosabati bilan bayram kunlari poyezdlar qatnovi hamda metro ish vaqti quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

30-mart Ramazon Hayiti ayyomi kunida metro poyezdlari harakati odatdagidan 1 soat oldin, yaʼni soat 04:00 dan yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshlaydi va poyezdlar harakati intervali shanba kuni uchun belgilangan jadval asosida tashkil etiladi.

Shuningdek, bayram munosabati bilan belgilangan qoʻshimcha dam olish kunida (31-mart) metro poyezdlari intervali yakshanba kuni uchun tasdiqlangan grafik asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.