Hayit namozi vaqtida poytaxtning ayrim koʻchalarida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha toʻxtatiladi

    2023-yilning 21-aprel kuni Toshkent shahridagi 116 ta masjidda hayit namozi oʻqilishi kutilmoqda.

    Maʼlum qilinishicha, fuqarolarga zarur shart-sharoitlarni yaratish va ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida 21-aprel soat 00:00 dan 7:30 gacha poytaxtning quyidagi koʻchalarida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha toʻxtatiladi:

    Bektemir tumani:

    “Xoʻton” masjidi oldidagi Bektemir shohkoʻchasi - Husayn Boyqaro koʻchasidan Bektemir yoʻli koʻchasigacha;

    Mirzo Ulugʻbek tumani:

    “Toʻra buva” masjidi oldidagi Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi - Shoʻrtepa koʻchasidan Buyuk Ipak yoʻli - Sultoniya koʻchasigacha;

    Mirobod tumani:

    “Qoʻyliq ota” masjidi oldidagi THAY – Qoʻyliq bozori koʻprik ostidan THAY va Munis chorrahasigacha;

    Olmazor tumani:

    “Islomobod” masjidi oldidagi KHAY koʻchasi - KHAY– Sagʻbon koʻchalari kesishmasidan Nurafshon - Sagʻbon koʻchalari kesishmasigacha.

    “Hazrati imom” masjidi oldidagi Qorasaroy koʻchasi – Qorasaroy – Nurafshon koʻchalari kesishmasidan Qorasaroy – Abdulla Qodiriy koʻchalari kesishmasigacha;

    Shayxontohur tumani:

    “Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Koʻkcha darvoza koʻchasi Koʻkcha Darvoza – Nurafshon koʻchalari chorrahasidan Koʻkcha Darvoza – Beshqayragʻoch koʻchalari chorrahasigacha;

    “Xoʻja Alambardor” masjidi oldidagi Bunyodkor shohkoʻchasi Bunyodkor – Kamolon koʻchalari kesishmasidan Kamolon – Ustazoda 2-tor koʻchalari kesishmasigacha;

    “Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor koʻchasi – Nurafshon – Sebzor koʻchalari kesishmasidan Nurafshon – Labzak koʻchalari kesishmasigacha;

    Chilonzor tumani:

    “Ubay ibn Kaʼb” masjidi oldidagi Al-Xorazmiy koʻchasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa koʻchalari kesishmasidan Al Xorazmiy – Katta qaʼni kesishmasigacha;

    “Katta Qozirobod” masjidi oldidagi Chilonzor koʻchasi – Chilonzor – Choʻponota koʻchalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon koʻchalari chorrahasigacha;

    “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi Soʻgalli ota koʻchasi – Al-Xorazmiy – Soʻgalli ota koʻchalari kesishmasidan Xonabod 2-berk – Soʻgalli ota koʻchalari kesishmasigacha;

    “Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor shohkoʻchasi Bunyodkor-Muqimiy koʻchalari kesishgan koʻprik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha;

    Uchtepa tumani:

    “Abdulloh ibn Maʼsud” masjidi oldidagi Lutfiy koʻchasi – Lutfiy – Xirmontepa koʻchalari kesishmasidan Lutfiy – Katta qaʼni koʻchalari kesishmasigacha.

    “Hazrati Ali” masjidi oldidagi Nazarbek koʻchasi Nazarbek – Mahorat koʻchalari kesishmasidan Nazarbek – Zamaxshariy 1-tor koʻchalari kesishmasigacha;

    Yunusobod tumani:

    “Minor” masjidi oldidagi KHAY – KHAY va Koʻrgazma koʻchalari kesishmasidan KHAY –Sh.Rashidov koʻchalari kesishmasigacha.

    “Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bogʻishamol koʻchasi – Bogʻishamol koʻchasidan Shivli koʻchasigacha.

    Yakkasaroy tumani:

    “Usmon bin Maʼzun” masjidi oldidagi KHAY koʻchasi – KHAY – Qushbegi chorrahasidan KHAY – Fayzli Toshkent koʻchalari kesishmasigacha.

    Yashnobod tumani:

    “Islom ota” masjidi oldidagi Fargʻona yoʻli koʻchasi – Fargʻona yoʻli – Fitrat koʻchalari kesishmasidan Fargʻona yoʻli – Tolimarjon koʻchalari kesishmasigacha.

    “Ali ibn Abu Tolib” masjidi oldidagi Choʻlpon koʻchasi - Imom Buxoriy - Choʻlpon koʻchalari kesishmasidan Choʻlpon - Salohiyat koʻchalari kesishmasigacha.

    Shuningdek, masjidlar joylashgan boshqa koʻchalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Hokimlik fuqarolardan yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr soʻragan holda, vaqtincha aylanma yoʻllardan foydalanishni tavsiya qilgan.