Maʼlum qilinishicha, fuqarolarga zarur shart-sharoitlarni yaratish va ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida 21-aprel soat 00:00 dan 7:30 gacha poytaxtning quyidagi koʻchalarida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha toʻxtatiladi:

Bektemir tumani:

“Xoʻton” masjidi oldidagi Bektemir shohkoʻchasi - Husayn Boyqaro koʻchasidan Bektemir yoʻli koʻchasigacha;

Mirzo Ulugʻbek tumani:

“Toʻra buva” masjidi oldidagi Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi - Shoʻrtepa koʻchasidan Buyuk Ipak yoʻli - Sultoniya koʻchasigacha;

Mirobod tumani:

“Qoʻyliq ota” masjidi oldidagi THAY – Qoʻyliq bozori koʻprik ostidan THAY va Munis chorrahasigacha;

Olmazor tumani:

“Islomobod” masjidi oldidagi KHAY koʻchasi - KHAY– Sagʻbon koʻchalari kesishmasidan Nurafshon - Sagʻbon koʻchalari kesishmasigacha.

“Hazrati imom” masjidi oldidagi Qorasaroy koʻchasi – Qorasaroy – Nurafshon koʻchalari kesishmasidan Qorasaroy – Abdulla Qodiriy koʻchalari kesishmasigacha;

Shayxontohur tumani:

“Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Koʻkcha darvoza koʻchasi Koʻkcha Darvoza – Nurafshon koʻchalari chorrahasidan Koʻkcha Darvoza – Beshqayragʻoch koʻchalari chorrahasigacha;

“Xoʻja Alambardor” masjidi oldidagi Bunyodkor shohkoʻchasi Bunyodkor – Kamolon koʻchalari kesishmasidan Kamolon – Ustazoda 2-tor koʻchalari kesishmasigacha;

“Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor koʻchasi – Nurafshon – Sebzor koʻchalari kesishmasidan Nurafshon – Labzak koʻchalari kesishmasigacha;

Chilonzor tumani:

“Ubay ibn Kaʼb” masjidi oldidagi Al-Xorazmiy koʻchasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa koʻchalari kesishmasidan Al Xorazmiy – Katta qaʼni kesishmasigacha;

“Katta Qozirobod” masjidi oldidagi Chilonzor koʻchasi – Chilonzor – Choʻponota koʻchalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon koʻchalari chorrahasigacha;

“Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi Soʻgalli ota koʻchasi – Al-Xorazmiy – Soʻgalli ota koʻchalari kesishmasidan Xonabod 2-berk – Soʻgalli ota koʻchalari kesishmasigacha;

“Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor shohkoʻchasi Bunyodkor-Muqimiy koʻchalari kesishgan koʻprik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha;

Uchtepa tumani:

“Abdulloh ibn Maʼsud” masjidi oldidagi Lutfiy koʻchasi – Lutfiy – Xirmontepa koʻchalari kesishmasidan Lutfiy – Katta qaʼni koʻchalari kesishmasigacha.

“Hazrati Ali” masjidi oldidagi Nazarbek koʻchasi Nazarbek – Mahorat koʻchalari kesishmasidan Nazarbek – Zamaxshariy 1-tor koʻchalari kesishmasigacha;

Yunusobod tumani:

“Minor” masjidi oldidagi KHAY – KHAY va Koʻrgazma koʻchalari kesishmasidan KHAY –Sh.Rashidov koʻchalari kesishmasigacha.

“Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bogʻishamol koʻchasi – Bogʻishamol koʻchasidan Shivli koʻchasigacha.

Yakkasaroy tumani:

“Usmon bin Maʼzun” masjidi oldidagi KHAY koʻchasi – KHAY – Qushbegi chorrahasidan KHAY – Fayzli Toshkent koʻchalari kesishmasigacha.

Yashnobod tumani:

“Islom ota” masjidi oldidagi Fargʻona yoʻli koʻchasi – Fargʻona yoʻli – Fitrat koʻchalari kesishmasidan Fargʻona yoʻli – Tolimarjon koʻchalari kesishmasigacha.

“Ali ibn Abu Tolib” masjidi oldidagi Choʻlpon koʻchasi - Imom Buxoriy - Choʻlpon koʻchalari kesishmasidan Choʻlpon - Salohiyat koʻchalari kesishmasigacha.

Shuningdek, masjidlar joylashgan boshqa koʻchalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Hokimlik fuqarolardan yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr soʻragan holda, vaqtincha aylanma yoʻllardan foydalanishni tavsiya qilgan.