Hayvonot bogʻi xodimi ayiq hujumidan omon qolmadi

    Andijon shahri Bogʻishamol dahasida joylashgan hayvonot bogʻida ayiq hayvonot bogʻi ishchisiga hujum qilib oʻldirgani aytilmoqda.

    Maʼlum qilinishicha, 2023-yil 03-yanvar kuni soat 16:00 larda Xoʻjaobod tumani Mustaqillikning 27 yilligi MFY hududida joylashgan “Usmonobod Fayzi” MCHJga qarashli “Andijon hayvonot” bogʻi ishchisi A.G ayiq yovvoyi hayvoniga ovqat berish maqsadida uning qafasiga kirgan vaqtida, ayiq unga tashlanib, boʻyin qismidan tishlab olishi oqibatida ogʻir tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

    Mazkur holat Xoʻjaobod tumani IIB tomonidan tegishli tartibda roʻyxatdan oʻtkazilib, hodisa joyi tuman IIB tezkor-tergov guruhi tomonidan koʻzdan kechirilgan.

    Fuqaro A.G.ning olgan tan jarohatlarini ogʻirlik darajasini va uning oʻlim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan Xoʻjaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.