Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Hazorasp tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar D.A. va Q.I.lar fuqaro Gʻ.ning ishonchiga kirib, unga turar joy qurish uchun tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan 8 sotix yer maydonini tanishlari orqali rasmiylashtirib olib berish evaziga 10 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.