YUNICEF hisobotida aytilishicha, 33 mamlakatda yashovchi dunyodagi 2,2 milliard bolaning deyarli yarmi “o'ta yuqori xavf” toifasiga kiradi. Ular orasida Hindiston, Filippin, shuningdek, Markaziy Afrika Respublikasi, Chad, Nigeriya va Gvineya kabi bir qancha mamlakatlar bolalari bor. Qayd etilishicha, iqlim inqirozi ularning salomatligi, ta'limi va himoyasiga tahdid soladi, o'limga olib kelishi mumkin bo'lgan kasalliklarga duchor qiladi.

“Biz birinchi marta iqlim o'zgarishida bolalar qaerda va qanday himoyasiz qolayotgani to'g'risida to'liq tasavvurga ega bo'ldik va bu chindan dahshatli. Iqlim va atrof- muhit ta'siri bolalar huquqining butun spektrini buzmoqda — toza havo, oziq-ovqat va xavfsiz suv, ta'lim, uy-joy, ekspluatatsiyadan ozod bo'lish va hatto omon qolish huquqi ham ta'minlanmagan. Deyarli hech bir bolaning hayoti e'tiborsiz qoldirilmaydi”, dedi YUNICEF ijrochi direktori Genrietta Fore.

Hisobotda shu paytgacha jarb ko'rgan bolalar soni ko'rsatilsada, iqlim o'zgarishi ta'siri tezlashishi bilan bu raqamlar yana ham yomonlashishi mumkinligi aytilmoqda.

“Bolalar iqlim va ekologik ta'sirning halokatli ko'plab kombinatsiyasiga duch kelmoqda. Chunki suv va sanitariya, sog'liqni saqlash va ta'lim kabi asosiy xizmatlar etarli emasligi sababli zaiflik yuzaga kelmoqda”, deyiladi hisobotda.

Shvetsiyalik eko-faol Greta Tunbergning aytishicha, so'nggi hisobot global iqlim o'zgarishidan birinchi bo'lib bolalar azob chekishini tasdiqlaydi va u dunyo rahbarlarini bu yil BMTning iqlim o'zgarishi konferentsiyasida nutq so'zlashga emas, balki chora ko'rishga chaqirdi.