"HELLADOS" Madaniyat vazirligiga topshirildi

    Ushbu spektakl Gruziya davlatidan taklif etilgan taniqli rejissyor Kaxa Gogidze tomonidan sahnalashtirilgan.

    Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri 2022-yil repertuari uchun tasdiqlangan Nodar Dumbadzening “HELLADOS” spektaklini Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida tuzilgan badiiy kengashga topshirdi.

    Ushbu spektakl Gruziya davlatidan taklif etilgan taniqli rejissyor Kaxa Gogidze tomonidan sahnalashtirilgan. Asar taqdimotida Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Baxodir Axmedov ishtirok etdi va spektakl haqida soʻzlar ekan xalqaro festivallarda ishtirok etishga munosib deya baholab butun jamoani tabrikladilar, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.