Biroq unday emas. Hidni tovar belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazishda, avvalo, mahsulotning asosiy vazifasi ifor tarqatish boʻlmasligi talab qilinadi. Mahsulot boshqa vazifani bajarishi hamda undan taraladigan ifor uning qoʻshimcha xususiyati hisoblanishi kerak.

Misol uchun, xorijiy davlatlar amaliyotida ip tolasining hidini tovar belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazishga erishilgan. Ip tolasi tikuvchilik va toʻqimachilik sanoatida ishlatiladi va u hid taratish vazifasini bajarmaydi.

Hidli paypoqlar aynan shu ip tolasidan tikiladi va undan yaratilgan mahsulotlarning hidi oʻsha ip tolasini eslatadi, deb yozmoqda Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati.