Hilol Nasimov “Chegara” filmini Turkiya va Suriyada suratga olmoqda

    Madaniyat 25 Oktabr 2021 1640

    Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Vatan” kinostudiyasi tomonidan “Chegara” badiiy filmining suratga olish ishlari davom etmoqda.

    Hozirgi kunda filmning ayrim jangari sahnalari Turkiyaning Gaziantep, Suriyaning Aleppo shahrida olinmoqda. Kinokartinada oʻzbek aktyorlari bilan birga taniqli turk aktyorlari Ekrem Ispir, Ahmet Serkan, Oʻzturk Sezay va boshqalar rollar ijro etgan.

    Mazkur kinokartina chegarachilar hayoti, ularning chegara ortidagi mashaqqatli zahmati va kasbiga boʻlgan fidoyiligi haqida yaratiladi. Shuningdek, film voqealari zamirida bagʻrikenglik, tinchlik, qoʻshni davlatlar bilan tinchlik va doʻstona munosabatlar kabi mavzular oʻrin olgan.

    Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Hilol Nasimov, postanovkachi operator Umid Malikov, postanovkachi rassom Isobek Egamberdiyev, ovoz operatori Abduqahhor Karimov, ikkinchi rejissyor Jamoliddin Qoʻziboyev, kartina direktori Shohrux Nasimov, liboslar boʻyicha rassom Nigora Poʻlatova.