“Chandrayan-3” uskunasi qo'nish va harakatlantiruvchi modullar hamda Oy roveridan iborat. Qo'nish qismi 17-avgust kuni uskunadan ajralib chiqadi va hind mutaxassislarining hisob-kitoblariga ko'ra, 23 avgust kuni Hindiston vaqti bilan soat 17:47 da Oy yuzasiga qo'nadi.
Chandrayan-3 missiyasi avvalgi Chandrayan-2 missiyasini ishga tushirish vaqtida yo'l qo'yilgan bo'lishi mumkin bo'lgan xatolarni hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda. Hindistonning Chandrayan-2 kosmik kemasi 2019-yil 20-avgust kuni Oy orbitasiga chiqdi, deb xabar beradi mir24.tv.