Chandrayan-3 missiyasining Vikram qurilmasi birinchi marta Oyning janubiy qutbidagi haroratni o'lchadi.

Qayd etilishicha, 23-avgust kuni qo'nganidan so'ng Chandrayan-3 qattiq ish olib borgan: kraterlar sirtini o'rganish uchun Pragyan marsoxodini ishga tushirgan, o'rnatilgan kameralar orqali atrof-muhitning videoyozuvlarini jo'natgan, hatto tadqiqot vazifalarini bajarishga kirishgan, barcha missiya asboblari esa yaxshi ishlamoqda.

Keyinchalik ISRO yana bir ChaSTE missiya vositasining muvaffaqiyatli ishlashi haqida aytib o'tdi.

ISRO ning ma'lumot berishicha, ChaSTE olimlarga Oy yuzasining issiqlik harakati qanday ekanligini tushunishga yordam beradi.

Tajriba davomida asbob turli chuqurliklarda Yer tabiiy yo'ldoshi sirtining haroratini o'lchadi.

Harorat 80 millimetr chuqurlikda -10 darajadan, Oy sirtida esa 50 darajaga yetmoqda. Agentlik ta'kidlaganidek, bu yo'nalishda obdon kuzatuvlar hali ham davom etmoqda.

Pragyan Oy uskunasi xavfli kraterga qoqilib ketdi. Ammo bu hodisa tadqiqotchilarni ajablantirmadi, chunki mintaqada bunday kraterlar juda ko'p, shuning uchun yumshoq qo'nishni amalga oshirishi juda qiyin edi, deb xabar beradi korrespondent.net.