Shtat hukumati bayonotida aytilishicha, Tirunelveli, Tutikorin, Tenkasi va Kanyakumari okrugi ko'proq zarar ko'rdi.
Hokimiyat ma'lumotlariga ko'ra, Tutikorin okrugiga atigi 15 soat ichida 600 millimetr yog'ingarchilik kuzatildi, qo'shni tumanlarga esa 260 dan 173 millimetrgacha yomg'ir yoqqan. Tamilnad bosh vaziri Mutxuvel Karunanidxi Stalin jabrlangan hududlarda yordam markazlarini tashkil etish va kerak bo'lsa, odamlarni suv toshqini zonasidan zudlik bilan evakuatsiya qilishni buyurdi. Mintaqaga tabiiy ofatlarga qarshi kurashish milliy kuchlarining ikki guruhi yuborildi.
Kuchli yog'ingarchilik tufayli zarar ko'rgan hududlarda dushanba dam olish kuni deb e'lon qilindi. Barcha maktablar, kollejlar, banklar, xususiy muassasalar va davlat sektoridagi kompaniyalar yopiq. Hindiston meteorologiya departamenti Janubiy Hindistonda yog'ingarchilik davom etishi haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi tass.ru.