баннер
30 Mar 2025
19:59

    Hindiston kompaniyasi Oʻzbekistonda sunʼiy intellektga asoslangan birinchi yirik maʼlumotlar markazini barpo etadi

    Hindistonning “Larsen & Toubro” (L&T) kompaniyasi Oʻzbekistonda sunʼiy intellektni qoʻllab-quvvatlovchi va quvvati 10 megavattga teng boʻlgan birinchi barqaror maʼlumotlarni qayta ishlash markazini qurish loyihasini amalga oshiradi.

    “Dunyo” AAʻning xabar berishicha, Toshkent shahrida hayotga tadbiq etiladigan loyiha yangi avlod sunʼiy intellekt ilovalarini qoʻllab-quvvatlash, atrof-muhitga taʼsirni minimallashtirish va energiya samaradorligini oshirish maqsadida ilgʻor imkoniyatlar bilan jihozlangan zamonaviy obyektni loyihalash, texnologiyalar xarid qilish va qurilish ishlarini bajarishni oʻz ichiga oladi.

    “Larsen & Toubro” muhandislik kompaniyasi tomonidan tarqatilgan xabarda mazkur loyiha “muhim” buyurtma deb atalgan.

    Maʼlumotlar markazi ilgʻor xavfsizlik texnologiyalaridan foydalangan holda konfidensial maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha mustahkam tizimlar bilan jihozlanadi, deyiladi kompaniya bayonotida.
    Loyiha mintaqadagi maʼlumotlar markazlari infratuzilmasi uchun yangi standartlarni joriy qiladi, ilgʻor texnologiyalarni barqarorlikka boʻlgan qatʼiy intilish bilan uygʻunlashtiradi.

    “Larsen & Toubro” Hindistonning qiymati 27 milliard AQSH dollariga teng transmilliy kompaniyasi boʻlib, dunyoning turli mintaqalarida faoliyat yuritadi, EPC-loyihalar (muhandislik, xarid qilish va qurilish ishlari), yuqori texnologiyali ishlab chiqarish va xizmatlar bilan shugʻullanadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech