Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasidagi munosabatlar sezilarli darajada faollashdi. Oliy darajadagi samarali uchrashuvlar tashkil etildi, ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi aloqalar jadal va samarali boʻlyapti, harbiy va harbiy-texnik sohalarda, shuningdek madaniy-gumanitar yoʻnalishda almashuvlar rivojlanyapti.

H.Pillai soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda barcha sohalarni modernizatsiyalash yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yuqori baholadi.

Ikki mamlakat harbiy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari koʻrib chiqildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Suhbatda Hindistonning mamlakatimizdagi elchisi Manish Prabhat ishtirok etdi.