Hindistonning Mumbay shahrida jazirama issiqdan 11 kishi halok boʻldi. Yana 50 nafar jabrlanuvchi oftob urishi tufayli kasalxonaga yotqizilgan. Kunduzi ochiq havoda boʻlib oʻtgan tadbirda odamlarning sogʻligʻi yomonlashdi.
Maʼlum qilinishicha, Ichki ichlar vazirligining ijtimoiy faollarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtayotgandi. Bu vaqtda harorat Selsiy boʻyicha +38 darajaga yetgan.
Marosim saot 11:30 da boshlanib, 13:00 gacha davom etgan va uni tomosha qilish uchun minglab odamlar yigʻilgan. Endi qurbonlarning oilalariga 500 ming rupiy (6 ming dollar) tovon puli toʻlanadi.