Hindistonning shtatlari – Madxya-Pradeshning markaziy va Gujaratning garbiy qismidagi uchta hududda toshga aylangan ana shunday qadimiy qoldiqlar topilgan. Olimlarning fikricha, bu titanozavrlar tuxumlarining birinchi marta ana shunday miqdorda topilishi.

“Biz tuxumlarning ko'pi bir-biriga yaqin joylashganini ko'rdik. Balki urg'ochi tuxum qo'yib, bolalarini qarovsiz qoldirib ketgandir, deydi tadqiqotchilardan biri Guntupalli Prasad. Uning so'zlariga ko'ra, “dinozavrlar uchun eng keng uyalar joyi” aniqlangan, u taxminan 900 kilometr masofani egallaydi.

Qazishmalar natijalari shuni ko'rsatdiki, Hindistonda ilgari ma'lum bo'lganidan ko'ra ko'proq titanozavrlar yashagan. Bundan tashqari, bir hududda juda ko'p tuxum mavjudligi dinozavrlar uyalarda to'da bo'lib yashaganini ko'rsatadi.

Titanozavrlar yuqori bo'r davrida yashagan o'txo'r dinozavrlarga mansub. Ular hozirgi Osiyo, Afrika, Yevropa va Janubiy Amerikada yashagan. Titanozavrlarning uzunligi 9-12 metrga, og'irligi esa 13 tonnagacha bo'lgan.