Bu haqda India Today gazetasi xabar bermoqda.
“Uttar-Pradesh shtatining turli hududlarida chorshanba kuni chaqmoq urishi oqibatida kamida 38 kishi halok bo'ldi. Hodisalar shtatda normal hayotni to'xtatib qo'ygan suv toshqinlari fonida sodir bo'ldi”, deb yozadi gazeta.
Hodisa qurbonlari asosan fermer xo'jaliklari ishchilari va daraxtlar tagida yomg'irdan panoh topgan odamlardir. Eng ko'p qurbon Pratapgarx shahrida qayd etildi, u yerda 11 kishi hayotdan ko'z yumdi. Hududda o'nlab odam kuyish jarohati oldi.
Keyingi besh kun ichida hududda yomg'ir yog'ishi va momaqaldiroq bo'lishi kutilmoqda, deb xabar beradi report.az.