Olimlar yangi kashf etilgan turga Tharosaurus indicus deb nom berishdi.
Olimlar topilgan qoldiqlar Hindistonda paydo bo'lgan, keyinchalik o'sha paytdagi Pangeya qit'asining boshqa qismida yashagan dinozavrlarning avlodlariga tegishli ekanini taxmin qilishdi.
Dinozavr qoldiqlar Rajastan shtatidagi Jaysalmer shahri yaqinidagi Tar cho'lidan topildi. 252 dan 66 million yil oldin davom etgan davrda bu hudud Tetis okeanining qirg'og'i bo'lgan.
Olimlarning fikricha, bu hudud neozauropodlarning paydo bo'lishida muhim rol o'ynagan bo'lishi mumkin. Mazkur dinozavrlar zauropodlarning kichik guruhi bo'lib, ularning ham bo'yini uzun bo'lgan va o'simliklar bilan oziqlangan, deb xabar beradi korresondent.net.