Hindistonda dunyodagi eng baland temir yoʻl koʻprigi ochildi

    Transport 7 Iyun 2025 1252

    Hindistonning Kashmir vodiysini mamlakatning boshqa hududlari bilan bogʻlovchi dunyodagi eng baland temir yoʻl koʻprigi ochildi, deya bosh vazir Narendra Modi X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, 2003-yilda boshlangan qurilish ishlari Hindistonga 160 million dollarga tushgan. Koʻprikda -10 darajadan +40 darajagacha boʻlgan haroratga chidamli poʻlat materiallardan foydalanilgan.

    Koʻprik Chenob daryosi ustidan oʻtgan boʻlib, u dengiz sathidan 359 metr balandlikda qurilgan. Inshootning umumiy uzunligi 1,3 kilometrdan ortiqni tashkil etadi.

    Chenob temir yoʻl koʻprigi dizayndagi ixtirochilik va qurilish mahoratini namoyish etadi. U aloqalarni mustahkamlaydi, shu tariqa savdo-sotiq, tijorat va turizmni ragʻbatlantiradi, — dedi Hindiston bosh vaziri.

    6-iyun kuni koʻprikdan ilk bor ikkita yoʻlovchi poyezdi oʻtgan. Mazkur koʻprik 272 kilometrlik Udxampur—Srinagar—Baramulla (USBRL) temiryoʻl liniyasining bir qismi hisoblanadi. U Jammu va Kashmirning olis hududlarini Hindistonning qolgan qismi bilan bogʻlaydi.