Odatda koʻrshapalaklarda kuzatiladigan mazkur virus insonda turli ogʻir kasalliklar — miya yalligʻlanishi (ensefalit) yoki respirator kasalliklari yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin.

Mazkur virus odamga kasallangan jonivorlarning soʻlagi vositasida zararlangan mevalarni isteʼmol qilish oqibatida yuqadi.

Virus juda xavfli boʻlib, hozircha unga qarshi vaksina yoki dorilar mavjud emas. Mazkur virusni yuqtirib olgan odamlarda oʻlim xavfi 40-75 foizga yetadi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Nipax (NiV)ni dunyodagi eng xavfli viruslar roʻyxatiga kiritgan. Mazkur virus ilk bor 2001 va 2007-yillarda Hindistonning Gʻarbiy Bengaliya shtatida hamda 2018 va 2019-yillarda esa Kerala shtatida aniqlangan edi.