Hindistonda faqat quyosh energiyasi yordamida yashil vodorod ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi

    Qurilma shuningdek, yuqori samaradorlikka erishish maqsadida real vaqtda mustaqil qarorlar qabul qila oladi.

    Hindistonning Madxya-Pradesh shtatida “Hygenco” nomli vodorod ishlab chiqaruvchi tajriba zavodi ishga tushirildi. U tarmoqdan tashqari quyosh elektr stansiyasidan quvvatlanadi, deb yozmoqda “PV Magazine” jurnali xabariga tayanib “O'zbekgidroenergo” AJ.

    Mavjud “ Vivaan Solar” quyosh elektr stansiyasi tarmoqdan uzilib, butunlay yashil vodorod ishlab chiqarish uchun qayta o'rnatildi.

    Tajriba qilinayotgan vodorod qurilmasi energiya iste'molini nazorat qilish va boshqarish tizimi tomonidan tartibga solinib turadi va u quvvatning holati, vodorod hosil qilish, bosim, harorat va hujayra tozaligi kabi parametrlarini kuzatib boradi, shuningdek, yuqori samaradorlikka erishish maqsadida real vaqtda mustaqil qarorlar qabul qila oladi.