Hindistonda ilk bor maymun chechagining yangi shtammi bilan kasallanish holati aniqlandi

    Hindistonda maymun chechagining yangi shtammi (mpox slade 1) bilan kasallanishning birinchi holati aniqlandi. Bu haqda Ani agentligi rasmiy manbalarga tayanib xabar berdi.

    “Hindistonda o'tgan hafta Kerala shtatining Malappuram shahrida slade 1 maymunchechagi kasalligi haqida xabar berildi. Bemor BAAdan kelgan 38 yoshli erkak”, deyiladi agentlik xabarida.

    Bemorda suvchechakka o'xshash alomatlar – yuqori tana harorati va tanada toshma bor edi, shifokorlar tegishli namunalarni tahlil qilish uchun yuborishdi, deb xabar beradi report.az.