Dastlabki uchrashuvlar Oʻzbekistonning Hindistondagi elchixonasida boʻlib oʻtdi.
Muloqotda mamlakatimizdagi investitsiya siyosati, xorijiy sarmoyadorlarga berilayotgan imtiyoz va yengilliklar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi. Suhbat davomida ayni sohada oʻzaro hamkorlik koʻlamini oshirish, tajriba almashish, qolaversa, charm mahsulotlarini sotish boʻyicha bir qator manfaatli takliflar ham ilgari surildi.
Shuningdek “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasi charm korxonalar uchun xom ashyo va asbob-uskunalar ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi “Ramsas” kompaniyasi rahbari bilan muloqot oʻtkazdi.
Hindistonlik tadbirkor uchrashuvda davomida Oʻzbekiston bilan charm sanoat sohasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha kelishuvga erishdi. Hind kompaniyasining filiali mamlakatimizda ochilishi boʻyicha muloqotlar oʻtkazildi.
Uyushma delegatsiyasi ayni vaqtda Agra va Kanpur shaharlarida ham Hindistonlik investorlar bilan muloqotlarga kirishgan, deb xabar beradi “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi matbuot xizmati.