Qayd etilishicha, 4-oktabr, chorshanba kuni kuchli yog'ingarchilikdan so'ng ko'l suvi gidroelektrostansiya to'g'onining buzilishiga olib keldi.
Lachen vodiysida Testa daryosi bo'yidagi shahar va qishloqlarni suv bosdi va to'rt tumanda 11 ko'prik va 270 dan ortiq uy vayronaga aylandi.
Tabiiy ofat oqibatida jami 22 ming kishi jabrlandi, 100 ga yaqin kishi bedarak yo'qolgan, deb xabar beradi korrespondent.net.