Hodisa oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.
Hindiston matbuoti xabariga ko‘ra, portlash sodir bo‘lgan joy yaqinidan Isroil elchisi nomiga yozilgan xat topilgan. Indian Express nashrining yozishicha, maktub kompyuterda terilgan va unda haqoratli matn bo‘lgan. Boshqa qo‘shimcha maʼlumotlar keltirilmagan.
Tergovchilar portlash va xat o‘rtasida bog‘liqlik bor-yo‘qligini aniqlashga kirishdi.
O‘tgan dekabr oyida Isroil Milliy Xavfsizlik kengashi isroilliklarni chet elga sayohat qilish rejalarini qayta ko‘rib chiqishga, agar safar juda zarur bo‘lmasa, o‘zlarining yahudiy va Isroilga mansubligini tashqi ko‘rinishda ifoda etmaslikka chaqirdi. Bu chaqiriq butun dunyoda kuchayayotgan antisemitizmga javoban qilingan.